“Raqamli avlod IT haftaligi – 2025” — eng iqtidorli yoshlar
📌 “Raqamli avlod IT haftaligi – 2025” — eng iqtidorli yoshlar Foydali ixtirolar va Robo sumo musobaqalarida kuch sinashdi.
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Digital Generation Uzbekistan bilan hamkorlikda “Raqamli avlod IT haftaligi – 2025” tadbiri doirasida Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchi yoshlari ham faol ishtirok etishdi.
⚡️Jumladan haftalik doirasida bugun maktabimizning oʻgʻil bolalari "Foydali ixtirolar va Robo sumo" yo‘nalishlarida musobaqalarda qatnashgan boʻlsa, qizlarimizdan esa "Smart rotary parking system loyihasi" foydali loyihalar tanlovida munosib ishtirok etishdi.
🎖 Gʻoliblar finalda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi, musobaqa yoshlar orasida juda katta qiziqish uygʻotdi, keyingi musobaqalarda yoshlarimizga omad tilab qolamiz.